Четверг, 23.11.2017, 17:45
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 116

Статистика

Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Ноябрь » 28 » Kiyinish honasidagi yashinin kamera yohud Qoraatirgul sirini fosh bo’lishi…
12:30
Kiyinish honasidagi yashinin kamera yohud Qoraatirgul sirini fosh bo’lishi…

Kiyinish honasidagi yashinin kamera yohud Qoraatirgul sirini fosh bo’lishi…

O’zing bahtli bo’lolmasang ham,

Kimnidir bahtiga sabab bo’lishing mumkunku…

Shukurullo Xo’jamberdiyev

- Barno kelayapti Qodir nima qilamiz, telefonimni beraymi?


- "Aytilgan gap, otilgan o’q” demak endi ortga qaytolmaymiz, olib borib qo’liga tutqaz.


Akmal eng so’ngi rusmdagi kechagina sotib olgan telefonini Barnoga berar ekan nimalarnidir oldon tushuntirardi. Ularga qarab turgan Qodir esa hayollar og’ushiga g’arq bo’l ayozgan edi hamki, Nodirning savolidan cho’chib tushdi.


- Menga qara yana nimani rejalashtirding, nima sababdan Akmal hech kimga ko’rishga ham bermaydigan telefonini seni gapinga kirib, Barnoga berib yubordi?


- Gulini "Qo’lga o’rgatmoqchiman”


- Tushunmadim. Unga mamanam degan yigitlar yaqinlasholmaydiku senga yo’l bo’lsin. Yoki kecha hammani yonida yer bilan bitta bo’lganlari eslaridan chiqdimi?


- Kecha biz yer bilan bitta bo’ldik to’g’ri, bugun qasos olishni boshladik, ertaga Guliga ikki imkoniyat hadya etamiz biri sharmandayu sharmisorlik yo’li bo’lsa, ikkinchisini biz nima desak shuni bajarishga majbur bo’lishdir?


- Baribir tushunmadim. Nima qilmoqchisan o’zi? Balki menga ham rejangni aytarsan?


- Mayli aytaman. Buni uch kishi biladi endi sen bilan to’rtta bo’lamiz. Lekin aytib qo’yay beshinchi odam bilsa butun olam bilishi mumkin. Hech kimga aytmayman deb qasam ich?


- Qasam ichaman. Agar qasamni bussam do’stligimiz yo’q bo’lsin.


- Senga ishonaman. Shuning uchun aytayapman. Xullas Guli zo’r raqsga tushushidan habaring bor. Bugungi tadbirda ham raqsga tushadi. Barno uning yaqin dugonasiku shunga kiyim almashtirayotganida uni oldida bo’ladi. Qodir telefonida uni kiyim almashtirayotganini sezdirmasdan videoga oladi…


- Keying telefonni senga beradi va Guli esa videoni ko’rgach seni hamma aytgan ishini qilishga majbur bo’ladi. Qoyilmaqom reja, ammo Barnoni bunga qanday ko’ndirding shuni anglolmadim. Ahir ularni orasidan qil o’tmasdi.


- Hammasiga sevgi sabab do’stim!


- Bu bilan Barno meni sevadi demoqchimisan?


- Yo’q Barno Shavkat yaxshi ko’radi. Shavkat esa sen bilan menga o’xshab Guliga befarq emas ekan. Barno buni bilarkan. Shu sabab bizga yordam bermoqchi.


- Hammasi yaxshi o’ylangan. Biroq Barnodan telefonni qanday qilib olmoqchisan. Hamma ko’z o’ngida bermaydiku.


- Buni ham hisobga olganman. Ana qara Akmal Barnoga telefonni xotira kartasini qanday chiqarib, qanday solishni o’rgatayapti.


- Xotira kartasi nima u?


- Xotira kartasi bu telefonni "Chip”iku. Shuni ham bilmaysanmi? Xullas Barno videoni "Chip”ga oladi va uni telefondan chiqarib, kutubxona kirib, men aytgan kitobni ichiga joylab chiqib ketadi. Undang so’ng nima bo’lishiga guvoh bo’lasan.


- Kitobni nomi nima?


- Nomi…..


- Qodir bo’ldi. Hammasini sen aytganingdek qildim. Endi tadbir tugashini kutamizmi – Qodirning gapini bo’lib qoydi Barnoga telefonini berib qaytgan Akmal.


- Yo’q boshlananishini kutamiz, chunki tadbir boshlansa bizni reja ham amalga oshadi va bizni tuzog’imizga xech kimga nasib qilmagan "Ohu” tushadi…- Qodir shunday deb sirli jilmayib qo’ydi. Nodir va Akmal esa unga qarab bosh irg’ab qo’yishdi.




Oradan bir necha soat vaqt o’tdi.




Barnoni tashqariga chiqib kelganini ko’rgan Qodir, sekin asta tadbirlar zalini tark etdi. Kutubxonaga kirarib, kutubxonachi opadan Dostayevskiyning "Telba”sini berishini so’radi.


- Tavba qildim namuncha shu "Telba”ni ko’p sorashadi, hadeb daftarga yozish jonga tegdi- deb stoli ustidan turgan kitobni Qodirga tutdi. U kitobni olib o’quv zaliga kirdi. Hotirjam o’rnashib olgan esa kitob ochdi. Lekin uni ichidan "Chip”ni topa olmadi. Hunobi oshib kitob qayta vaqarlay boshladi. Shu mahal kitobni so’ngi betidagi varaqchaga ko’zi tushdi, uni olib o’qiy boshladi


"Sen bu rejangdan beshinchi odam habar topsa butun dunyo biladi deganding. O’shanda qattiq adashganding. Sir yoki rejani o’zingdan boshqa ikkinchi odam bildimi demak uni hamma bildi hisob. Shunga aqling yetmadi seni. "Chip”ni topolmayapsanmi? Hunobing oshayaptimi? Siqilma o’tib ketadi. Maslahatim "Chip”ni beshinchi odamdanmas qolgan uchta sirdoshindan qidir. Ha yana bir gap hurmatli Qodirbek uchta sirdosh bitta joyga to’planganda bu rejandan habardor beshinchi odamni ko’rishing mumkin bo’ladi.o’shanda bu ishlarni boshida turgan va Qoraatirgulni habardor qilgan to’rtinchi sirdoshingni kimligini anglaysang. Senga cheksiz sabr tilab QORAATIRGUL” deb yozilgan edi xatda.


Qodir rejasi amalga oshmaganidan, yana uni qandaydir Qoraatirgul chuv tushirib ketganidan juda jahli chiqa boshladi. Endi o’rnidan turmoqchi bo’lib turganida kutubxona eshigidan Barnoni kirib kelayotganini ko’rdi. Barno ham Qodirni ko’rib, uni yoniga shoshildi.-


- Qodir "Chip”ni oldingmi?


- Yo’q, o’rniga mana bu xatni oldim. Men bilan hazillashmoqchimisan Barno?


- Nima sen men bilan hazillashyapsanku, yana menga xat ham yozibsanku o’zini Qoraatirgul deb…


- Qoraatirgul… yana Qoraatirgul… yana sirli xat…. Hov qiz bilib qo’y men chipni olmadim. O’rniga o’sha Qoraatirguling yozgan hatni olib jahlim chiqib o’tiribman…


- Agar sen Qoraatirgul bo’lmasang u kim…


- Bilmadim. Ammo kimligini juda bilgim kelyaptida… Balki bu Akmal bizga hazil qilayatgandir.


- Balki shundaydir. Ahir bu ishimizdan undan boshqa hech kim habardor emas.


Xuddi shu payt Akmal ham kutubxona kirib keldi. U Barno va Qodirni oldiga keldi.


- Barnoxon ish bitgan bo'lsa telefonimni qaytararsang balki?


- Telefoningni menga ishqiy maktubingni berib yuborgan boladan qaytarib berib yuborgandimku. Olmadingmi?


- Tushunmadim yana qanaqa ishqiy maktub...


- Voy o'zimni Qoraatirgulim balki xatingni o'zing yana bir bor o'qirsang - Barno Akmalga xatni berarkan, Qodirga qarab manoli jilmayib qo'ydi.


Akmal xech narsa tushunmay xatni o'qiy boshladi.


''Barno sen nega Shavkatni yaxshi ko'rasang u seni sevmaydiku. Bilasan men senga berafq emasman. Aslida seni deb shu ishlarga aralashayapman. Bilginki Shavkatni Gulidan Ko'ngli qolgan taqdirda ham senga qaramaydi, men esa seni abadiy sevaman. Meni sevgimni rad etma seni bir umr ardoqlovchi Qoraatirgul''. Akmal xatni o'qib bo'lgach Barnoga qaradi:


- Men senga xat yozmagan keyin men Qoraatirgulmasman. Qani maynovozchilik qilmasdan telefonimni ber?


Telefoning unda emas Akmal.


-Sendami?


- Yo'q menda ham emas.


- Qodir men bilan hazillashma. Senda ham, Barnoda ham bo'lmasa, unda kimda bo'lishi mumkin?


-Qoraatirgulda...


- Kim o'zi u Qoraatirgul...


- Seni telefoni, chipni olgan va bizni rejamizdan xabardor odam - deb Qodir hamma bo'lgan ishlarni Akmalga aytib berdi.

Qodir gapini tugatishi bilan ''Qoraatirgulni kim kutayapti'' degan ovoz kutubxona uzra jarang sochdi.


Qodir, Akmal va Barno beixtiyor ''Biz'' deb yuborishdiyu taxtadek qotib qolishdi.

Chunki ularga oldilarida Guli nafrat to'la ko'zlari bilan tikilib turardi.


-Barno sendan bunaqa ishni kutmagandim. Mana shu ikkita axmoqqa qo'shilib, o'z dugonanga xiyonat qildina. Boshqasi bo'lganda nima qilishni bilardim... Lekin... Seni... Bilib qo'y men seni sevginni yo'lini t’osmadim... O'zing bahtingni uvol qilgansan... Balki Shavkat seni iching qoraligini bilgani uchun yaqinlashmas... Bugundan senday dugonam yo'q ko'zimga boshqa ko'ringma... Aks holda o'zimga javob bermayman... Qodir, Akmal men sizlarga nima yomonlik qildim... Meni o'rnimda opalaring yoki singillaring bo'lganda ham shunday qilardilarinmi... Satqayi odam ketlaring... Yaxshiyam Qoraatirgul bor ekan bo'lmasam bilmadim senlarni hazillarini deb butun umr bahtsiz o'tarmidim. Bir sharmadali vaziyatdan qutulib qoldim u sabab. Ana endi ko'zim ochildi... Chipdagi videoni ko'rganimda bilasanlarmi nimalarni his qildim... Bilmaysanlar... Senlar qizbola uchun iffat hamma narsadan ustun ekanini bilarmidinglar... To'g'ri men raqs tushaman bu mani iqtidorim edi. Sendalarni kasriga endi butun umr raqsga tushmayman... Barno bilib qo'y agar shular bilan osh qatiq bo'lsang men tushgan vaziyatga sen ham tushasan. O'shanda meni qutqargan Qoraatirgul seni himoya qilmaydi va sen bir umr sharmondayu sharmisor bo'lib yashaysan...


Guli shu so'zlarni aytarkan ko'zidan yoshlar shoshqator bo'lib oqardi... U ortiq bardosh bera olmadi. Ortiga o'girib keta boshladi...


-Guli… Meni telefonim sendami? -Akmal iltijoli ohangda gapirdi...


Guli ortiga o'girildiyu, sumkasidan telefonni qo'liga oldi...


Akmalni yuzida hotirjamlik paydo bo'la boshladi. Axir u telefon uchun 300$ sarflagandi... Biroq uni quvonchi uzoqqa chozilmadi... Guli telefon yerga tashlab, tuflisi bilan ezg'ilab tashladi. Go'yo shu orqali butun alamlaridan foriq bo'lardi.


Akmal tezlik bilan Guli tashlanmoqchi bo’lganni ammo uni kimdir qo’lidan ushlab to’xtatib qoldi.


- Nima ish qilishganingni bilmadimu lekin erkakni ishini qilmapsanlar… -dedi Shavkat. U ham kutubxonada dars tayyoblab o’trigan edi va bo’layotgan voqealarni butun kutubxona bilan indamay kuzatib o’tirardi oxiri chidolmadi va Akmalni harakatini to’xtadida kutubxonadan chibib ketgan Guli ortidan yugurdi.


- Qodir qara seni rejangni deb 300$ havoga uchdi. Endi to’laysang. Kim o’zi o’sha Qoraatirguuuuuuuuuuul – baqira boshladi Akmal.


- Qoraatirgul bu Nodir – Qodir o’rnidan turib tashqariga yugurdi. Akmal maydalangan telefoni olib, uni ortidan chopdi. Barno esa butun kutubxonadagi unga qadalib turgan nigohlaridan qochib, tashqariga otildi…


Qodir bilan Akmal Nodirni Kollej binosi oldidagi kafedan topishdi. Nodir ularni qarshi olarkan


- Gap yo’q senlarga ishni zo’r uddalapsanlarku… Menga blutuzdan o’ktakib berasizlarmi yoki o’zlarinig maza qilib yurasizlarmi do’stlarim? – dedi.


- Senga ham beraylikmi hozir mana… - deb unga tashlanmoqchi bo’ldi.


- To’xta Akmal… deya Qodir uni to’xtadi. Chunki u Nodir bir o’yin qildi deb o’yladi. "Sababi u ham Guli befarq emasdi. Hammasi aytib o’zini mard qilib ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Agar u chip olgan bo’lsa videodan o’ziga ko’chirib olgan, chipni esa telefon bilan Guliga bergan… Lekin Barnodan tlefonni olgan bola shumikan nega unga ishqiy maktub bergan Qoraatirgul nomidan… Ha Qoraatirgul….” Fikrini bir joyga toplagan Qodir Nodirga yuzlandi.


- Qoraatirgulni bilasanmi?


- Xa bilaman


- Qodir qara bilarkan sen nega meni to’xtayapsan hammasi ayon bo’ldiki… Telefonimni to’laydi… - Akmal yana o’rnidan turdi


- O’tir joyinga… Nodir Qoraatirgul sensan. Biz bilan o’yin o’ynayapsan. To’g’imi?


- Men Qoraatirgul… Kulgimni qistatma do’stim… U seni juda yaqin o’rtog’inakanku…


- Qanaqasiga ?


- Shunaqasiga kelishlarindan biroz olding ketdi ishdan chqirib qolishdi chog’i shoshilib menga katta raxmat aytdi o’ziyam keyin ketdi.


- Qayerga ketadi? Nimaga ketadi? Kim o’zi u Qoraatirgul?


- Men qayerdan bilay yonimga keldi. Sen haqingda so’radi men javob berdim. U haligi rejangni ham bilarkan. Bildimki u seni yaqin do’sting. Bo’lmasa qayoqdan biladi o’zing aytkandursang deb o’yladim. Endi suhbatimiz qiziganda telefoni jiringlab qoldi. Ishdan chaqirishganini aytdi. Keyin menga mana bu xatni berib ketayotgandi. Men undan ismini so’radim. U bo’lsa Qoraatirgul dedi. Ha mayli deb olib qoldim. Ma ol xatni o’qimadim ham…


Qodir xatni olib o’qidiyu alam bilan baqirib yubordi.


- To’laymannnnnn Qoraatirgul to’laymannnnnnn


- Qodir tinchiklimi senga nima bo’ldi nima to’laysan – Nodir hayron bo’lgan bo’lsa, Akmal yerda yotgan Qoraatirgulning so’ngi xatini qo’liga oldi unda


"Amalga oshmagan rejangni tavoni 300$ boholandi. Mayli roziman o’sha 300 $ Akmalga to’laging senga sabr tilab Qoraatirgul” deb yozingan edi.




Oradan kunlar o’tdi. Qodir Akmal 300 $ topib berdi lekin bu pulni topguncha ancha qiynaldi. Nodir esa nima sababdan Qodir Akmalga 300 $ to’lagini tushunmasdi. Barno esa oz’ini hurmatini yoqatdan chekka chekda o’zi yakka holda yuradigan qizga aylandi. Shavkat va Gulini munosabatlari chuqurlasha boshlagandi.


Bir kuni gaplari o’sha kungi voqeaga kelib taqalda


- Agar u kuni Qoraatirgul bo’lmaganida men siz bilan bunday gaplashib o’tirmasdim, qoloversa siz menga fohishaga qaragandek qarardiz to’g’rimi?


- Balkim lekin unday bo’lmadiku. Qoraatirgul bularni rejasini qayerdan bilgan ekan.


- Xatda yozilishicha Qoraatirgul Nodir Bilan Qodirni suhbatini kafeda eshitib qolgan. Keyin Barnoni kuzatgan. Chipni olib o’rniga xatlarni joylagan ekan. Menimcha menga xat bergan bola Qoraatirgul edi.


- Bola dedingmi o’sha kuni menga ham bir bola xat bergan edi. Unda yozilishicha tadbirdan keyin kutubxona sen bilan bo’g’liq bir hodisa ro’y beradi agar aralashsam seni noming qoraga chimasligi, agar aralashmasam seni bir umrga yo’qotishim yozingan edi. Shu sabab men ham umrimda kirmagan kutubxonada o’tirgan edimda Guli.


- Rostanmi. Uni kimligini bilganimda rahmat aytardim. Lekin biz yana bir odamga rahmat aytsak arziydi…


- Kim u ?


- Nodirda, yuring unga rahmat aytamiz.


Shavkat va Guli Nodirni qidirishga tushishdi. Nihoyat uni kollej binosi oldidagi o’sha kafedan topishdi. Unga cheksiz rahmat aytisharkan ular orasida do’stlik tuygulari uyg’ona boshlagani qalban his etishardi.


Suhbat so’ngida nodirni aytgan gapi Guli va Shavkatli lol qilib qo’ydi


- Qoraatirgul men ham gaplashganman o’sha kuni u menga ikkiya xat qoldirgandi biri Qodirga biri esa sizlarga ekanligini aytgandi. Qodirni xatini berdim. Sizlarniki qolgandi. Ammo men qiziqib hatni o’qidim. Hafa bo’lmanglar yana. Lekin rosa urindim ammo sirini ocholmadim afsus.


Ularni xatni olib o’qiy boshlashdi


"Sizlarga chin dildan yordam berdim. Bu meni vazifam edi. Axir o’zing bahtli bo’la olmasang ham, kimnidir bahtiga sabab bo’lishin mumkunku. Men kimligimni bilishni istashlaringni bilaman. Unda man bu harflar sirini topinglar shunda men bilan bog’lana olasizlar. «йщкффешкпгдюсщь» agar sirni topsalaringiz sizlarga atalgan hayotiy misollar keltirilgan ovozimni eshitishlaring mumkin. Sizlarga baht tilab Qoraatirgul.”


Shavkat o’sha kungi voqeani yana bir bor esaladi. Chunki bu usulni u o’sha kuni tadbirda sinfdoshiga tushuntirgan edi. Bildiki Qoraatirgul uni eshitgan ekan. Keyin jilmayib Guliga aytdi


- Men uni sirini toptim. Bugunoq unga rahmat aytaman.


- Qanday bildiz axir ayting, juda qiziq yapman.


- Yur internet kafega


- Nima qilamiz u yeda?


- «йщкффешкпгдюсщь» sirini bilish cuhun kompyuter klaviaturasi zarur bizga va albatta interner ham


- Qani kettik unda. Qoraatirgulni qidimiz.


Ikki yosh o’zlariga cheksiz baht tilagan Qoraatirgulni qidirib, internatga kafega yo’l oldilar.




Tamom.




Muallifdan: Hurmatli o’uvchi bu hikoya yoshlarga ibrat bo’lishi, sevgi, do’stlik, mehr kabi tuyg’ularni sohlashtirmasliklari va yon atrofga, hoyotga terang fikr va hushyor nazar ila yondashishlari kerak ekanligini yana bir bor anglatish uchun yozilgan.


Bazi bir bir udburonlarga


Siz hikoyani ko’chirib o’zlashtirganizdan ne naf, agar o’zingiz mehnat qilmasangiz bari bir pul. Kimnidir mehnatini hurmat qilsangiz, bilinki siz qadr topasiz.

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 5218 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Ноябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2017Создать бесплатный сайт с uCoz