Понедельник, 23.04.2018, 14:33
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 118

Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 6 » Bag'ritosh ayol
12:45
Bag'ritosh ayol
Shirinning otasi qanday yashayapti, degan savol sizni qiziqtirsa kerak.
Oradan o‘n yil o‘tgan bo‘lsa-da, Aziz umuman o‘zgarmagandi. O‘ttiz uchga kirsa ham quyilmagan. Ikki marta panjara ortida o‘tirib chiqdi. Bekorchilik bilan band Aziz kun bo‘yi uyda o‘tirar, xotiniga azob berar, nogiron o‘g‘lini urardi. Yaxshiyam otasidan qolgan do‘kon bor ekan, ro‘zg‘or xarajatlarini ko‘tarishga yarab turibdi. Lekin Aziz pulning deyarli hammasini ko‘chada sovurib keladi. Xotinining qiynalayotganiga parvo ham qilmaydi. Aziz hatto ota-onasini ham yaxshi ko‘rmaydi. Qarib, biror ishga yaramay qolgan ota-onasini qariyalar uyiga tashlab keldi.
Azizni otasi juda erkalatib o‘stirdi. Topganini o‘g‘liga bag‘ishladi. Shu boismi, o‘g‘il bebosh bo‘lib o‘sdi. Avval o‘qishdan haydalib, ota-onasining yuzini yerga qaratdi. So‘ng jinoiy ishlarga aralashib qoldi. Oshnalari nobop edi uning. Buyam yetmagandek, to‘rt marta uylandi. Avvalgi xotinlari uning giyohvandligiga chiday olishmagan, tashlab ketishgandi. To‘rtinchi xotini Laylo ancha sabrli ekan, shu kunga qadar erining zulmiga bardosh berib yuribdi. U har hafta yig‘ilgan pulni olib, mashinasiga minib, shaharga maishat qilgani jo‘nar, xotini va nogiron o‘g‘liga mehribonroq bo‘lishni o‘ylamasdi...
* * *
Shirinning onasi Lolaning taqdiri ne kechdi, deb o‘ylarsiz. Yillar o‘tib, u obro‘li bolalar shifokoriga aylandi. Qabuliga kirish uchun odamlar haftalab navbat kutishadi. Endi u avvalgi bo‘sh-bayov, yuvosh qishloq qizi emas, qat’iyatli, o‘ziga ishongan, qalbidan ezgulikni sitib chiqargan Lola To‘raevna. Uni shifoxonada hamma hurmat qiladi, bir so‘zi ikkita bo‘lmaydi.
Lola turmushga chiqmadi. O‘zini ishga, aniqrog‘i, mol-davlat topishga, mansabga erishishga bag‘ishladi. Ammo ba’zan bolasini suyib-erkalayotgan onalarni ko‘rganda, tashlab ketgan go‘dagi yodiga tushadi, vijdoni azoblanadi, tushida qizining yig‘isini eshitganday bo‘ladi. Lekin u shu paytgacha farzandini izlash haqida biror marta o‘ylab ko‘rmadi, mol-davlat oilaviy baxt o‘rnini to‘ldirgandek edi nazarida.
Lolaning farzandi bo‘lmasa ham, ishongan tog‘i — Adham akasi bor. Ayol u bilan juda yaqin. Adham Muxtorovichga ikkinchi xotin edi deyarli. Munosabatlari noqonuniy, noshar’iy bo‘lsa ham, Lola o‘kinmasdi. Adham Muxtorovich ayolning "xizmatlari”ni munosib baholab, to‘rt xonali kvartira, mashina olib bergan, bosh shifokor bo‘lishiga turtki bo‘lgandi. Ayol o‘zini unga oshiq qilib ko‘rsatsa-da, aslida butkul befarq, faqat obro‘siyu davlatidan foydalanardi.
Lola xatosini tuzatish o‘rniga ketma-ket xatoga yo‘l qo‘yayotganini sezardi-yu, ortga qayta olmasdi. Chunki u azob chekib, sabr qilishni emas, gunohlar evaziga bo‘lsa ham rohat-farog‘atda, kam-ko‘stsiz yashashni istardi. Uni endi faqat pul qiziqtirardi, xolos. Mehribonlik uyiga tashlab ketgan farzandini deyarli eslamasdi...
* * *
Bugun Shirinni maktab direktori a’lo bahoga o‘qigani, "Yosh bilimdonlar” tanlovida g‘olib chiqqani uchun hammaning oldida faxriy yorliq hamda yumshoq o‘yinchoq bilan taqdirladi. Qiz rosa suyunib, onasining yoniga — tezroq suyunchi olishga oshiqdi.
Nargiza ham qizining maktabdan kelishini intizorlik bilan kutayotgandi.
Shirin yugurib mashina yo‘lga chiqdi. U katta tezlikda kelayotgan mashinadan oldinroq yo‘lni kesib o‘tishiga umid qilgandi. Biroq...
Biroq ulgurolmadi. Uchib kelayotgan mashina qizchani urib yubordi. Shirinning qo‘lidagi faxriy yorliq, o‘yinchoq g‘ildiraklar ostida g‘ijimlanib ketdi. Haydovchi yigit mashinadan tushmadi. Gazni qattiqroq bosib, tezda voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi...
Nargizaning xavotiri oshdi. Shirinning hadeganda kelavermayotgani ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgandi. Ayol sarosimalanib ko‘chaga chiqdi. Maktab unchalik uzoqmas. Katta ko‘chaga chiqib o‘sha yoqqa qarab yurgan Nargiza odamlarning bir joyda to‘planib olgancha, bir nimalarni muhokama qilishayotganini ko‘rib, battar xavotirga tushdi. U yugurib o‘sha yoqqa bordi.
Ayol yerda qonga belanib yotgan qizini ko‘rdi-yu, hushidan ketdi...
Shirin og‘ir jarohatlangan, uni darhol operatsiya qilish zarur edi. Nargizani zorlanib yolvorishlariga qaramay, qizining yoniga kiritishmadi, bosh shifokor bilan gaplashishni maslahat berishdi.
Nargiza bosh shifokor degan yozuvli xonaga asta bosh suqdi:
— Mumkinmi?
— Ha, kiring, — dedi Lola sovuq ohangda.
— Men hozir shu yerga keltirilgan qizning onasiman... — deya umidvor ko‘zlari bilan shifokorga termuldi Nargiza.
— Ha, sizmisiz? — Lola unga boshdan-oyoq razm solib chiqarkan, afsuslangandek bosh chayqadi. — Qizchani ko‘rdim, ahvoli juda og‘ir. Tezda operatsiya qilish kerak. Oshqozon devori qattiq shikastlangan, shuning natijasida ichagidan qon keta boshlagan. Boshi ham yomon jarohatlangan. Xullas, ahvoli og‘ir.
— Do‘xtir, iltimos, bir ilojini qiling, qizimni saqlab qoling, — o‘tindi Nargiza.
— Yig‘layvermang, bolangizning hayotini asrab qolish mumkin, faqat... — Lola ayolga sinovchan tikildi. — Faqat kerakli dorilar harajatini to‘lasangiz...
— Ayting, men qizimdan ayamayman. Uni asrab qolsangiz bas.
— Yaxshi, tushungan ayol ekansiz, bolangizning ahvolini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Uni davolashga kamyob dorilar zarur.
— Qancha bo‘ladi, do‘xtir?
— 300 dollar, faqat pulni tezroq opkelishingiz kerak.
— 300?.. — Nargiza bo‘shashib qoldi. — Lekin buncha pul yo‘q menda... Yaqinda otamni davolatishga yiqqanlarimni sarflab bo‘lgandim, agar iloji bo‘lsa... — Nargiza shoshilib barmog‘idagi uzugi, qulog‘idagi ziragini yechdi. — Mana bularni olib turing, pulni keyin to‘g‘rilab beraman.
— Menga qarang, — Lolaning ingichka qoshlari chimirildi. — Taqinchoqlaringiz kerakmas menga. Pul toping, o‘shanda operatsiya qilish mumkin.
— Iltimos, do‘xtir...
Nargiza qancha yalinib-yolvormasin, Lolaning ko‘ngli yumshamadi. "Pulni topib kelsangizgina operatsiya qilaman”, deb, uni xonasidan chiqarib yubordi.
Nargiza yig‘lab xonadan chiqarkan, qaerga borishini, dardini kimga aytishni bilmasdi. Axir, buncha pulni hozir qaerdan topadi? Kim beradi unga? Ayolning esiga Munira opa tushdi. Umid bilan mehribonlik uyiga yugurdi. Nargiza yig‘lagancha bo‘lgan voqeani aytib berdi.
Munira opa bolalarga ajratilgan jamg‘arma pulini oldi-yu, Nargiza bilan kasalxonaga jo‘nadi. Reanimatsiya xonasiga yo‘nalgan ayollarni hamshira g‘alati qarshi oldi. Afsus bilan bosh chayqarkan, dedi:
— Sizga hamdardman, opa, biroz kechikdingiz. Qizingiz... o‘n daqiqa oldin jon berdi. Asrab qololmadik...
Nargizaning lablari titradi. Hamshiraga qarab baqirdi:
— Bo‘lishi mumkinmas! Yolg‘on!..
Nargiza yupatishga uringan hamshirani siltab tashlab, xonaga kirdi. Shirinning jasadi hali sovib ulgurmagandi. Onaning faryodi butun kasalxonani tutdi. Munira opa ko‘rganlari haqiqat ekaniga ishonolmasdi. Shovqinni eshitib Lola kirib keldi.
— Sen ablahsan! Bolamni sen o‘ldirding!.. — Nargiza jonholatda unga yopishdi. — Shunchalik pastkash, iflosmisan? Vijdoningni pulga sotib, shifokorman, deb yuribsanmi?
Hamshiralar alamzada onani zo‘rg‘a ajratib olishdi.
— Nimaga menga baqirasan, ziqna? — shang‘illadi Lola. — Vaqtida pulni olib kelgin edi.
Munira opa iymonini yutgan ayolga nafrat bilan qaradi-yu, kimnidir eslagandek bo‘ldi. Bu yuz unga tanish edi. Yaxshilab razm soldi-yu, o‘n ikki yil burun farzandini mehribonlik uyiga tashlab ketgan Lolani tanidi.
— Meni tanidingmi? — dedi Munira opa unga tikilib.
— Yo‘q! — zarda qildi Lola.
— Nahotki tanimagan bo‘lsang? O‘n ikki yil oldin qizingni menga, mehribonlik uyiga tashlab ketganding-ku. Endi eslolmay qoldingmi?
— Nimalar deyapsiz? — Lola qarshisidagi ayolga hadik, taajjub bilan tikildi.
— O‘n ikki yil oldingi voqea esingdan chiqib ketdimi? Yonimga yig‘lab kelib, chorasizligingdan, taqdirning berahmligidan noliganding...
Lola qotib qoldi.
— O‘shanda meni xudo urgan deb xo‘ngrab yig‘laganding, — nafrat bilan davom etdi Munira opa. — Ayanchli ahvolda eding. Endi-chi? Juda o‘zgarib ketibsan. Yillar seni toshbag‘ir, insofsiz qilib qo‘yibdi. Xudo urgan bo‘lmasa, onang seni deb o‘lib ketarmidi, gulday qizing seni deb jon berarmidi?. Xayf senga, endi bir umr o‘nglanolmaysan. O‘z bolangning boshiga yetding-a!..
Lola Shirinning jasadini quchib yig‘layotgan Nargizaga dahshatlanib qaradi. Nahotki?.. Nahotki, u o‘z farzandining qotili bo‘lsa?.. Ayol telbalarcha qichqira ketdi...
* * *
Taqdirning o‘yinlari beshafqat ekan. Shirinni urib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi: mast holatda mashina boshqargan kishi Aziz bo‘lib chiqdi!..
Badbaxt otani sakkiz yilga, poraxo‘r onani esa uch yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Jinoyat jazosiz qolmaydi. Biroq ularga eng katta jazoni Xudoning o‘zi berdi. Bir umrlik vijdon azobi umrlarining so‘ngiga qadar ularni azoblashi tayin edi...
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 914 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2018Создать бесплатный сайт с uCoz