Четверг, 28.03.2024, 20:26
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Декабрь » 6 » Artel yangi modeldagi telefonlarini taqdim etdi
10:38
Artel yangi modeldagi telefonlarini taqdim etdi

Artel savdo belgisi Sport, Race, Sprint mobil telefonlari va Adi5 S hamda Perfect1 smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
maxresdefault

Foto © youtube.com

O‘zbekistonda o‘zbek tilidagi mobil telefon ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki loyiha "O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi "Infinity Electronics” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirildi. Loyihaning birinchi bosqichida iste’molchilarga olti rusumdagi mobil aloqa vositasi, jumladan, sensor ekranli uchta "Adi5”, "Adi5 CDMA” va "Komi3” smartfonlari, shuningdek, "U30”, "H35” va "D83” telefonlari taklif etildi.
"O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Tabriz Jalilovning so‘zlariga qaraganda, mobil telefon ishlab chiqarish loyihasining ikkinchi bosqichida takomillashgan rusumdagi aloqa vositasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, yiliga 800 ming dona telefon ishlab chiqarish va asosan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun qariyb oltmishta yangi ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Ta’kidlash joizki, "Artel” brendi ostida "Sport” rusumidagi yangi mobil telefon va yangi "Adi5S”, "Perfect1” smartfonlari zamonaviy texnologik uskunalar yordamida elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. AQShning "Motorola”, Janubiy Koreyaning "LG Electronics”, "Alcatel” Fransiya-Amerika kompaniyasi, Tayvanning "MediaTek” va "Foxconn” kompaniyasi, "Rohde&Schwarz GmbH&Co KG” xalqaro kompaniyalar guruhi shular jumlasidan.
Yangi mahsulot alohida sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, "Perfect1” smartfoni sakkiz pikselli kamera, to‘rt yadroli protsessor va 1 gigabayt xotiraga ega. Bu telefon O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dastlabki shunday moslamadir.
"Infinity Electronics” qo‘shma korxonasi direktori Alisher Savurovning ta’kidlashicha, mobil telefon ishlab chiqarishda "sifat-narx” nisbatiga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samarasini bermoqda. "Artel” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan telefonlar O‘zbekistonda tez ommalashib bormoqda. Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilgan qariyb 250 ming dona telefon nafaqat ichki, balki xorij bozorlarida ham sotildi. "Sport” rusumidagi yangi, yanada quvvatli, chiroyli va yupqa mobil telefonlar va har ikki rusumdagi yangi smartfon iste’molchilarga manzur bo‘lishiga ishonamiz.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, "Infinity Electronics” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati "Pifagor Trading” riteyler kompaniyasi (Birlashgan Arab Amirliklari) bilan "Sport” rusumidagi yangi mobil telefon va "Adi5 S”, "Perfect1” smartfonini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnoma tuzdi. Bu kompaniya, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotlarni dunyo bo‘ylab sotadi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2847 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Декабрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz